Test savollari osonlashtiriladi – Majid Karimov

Jamiyat

image

Bu yilgi test sinovlari o‘tgan yilgi testlarga nisbatan osonlashtiriladi. Bu haqda Davlat test markazi rahbari Majid Karimov ma’lum qildi.

“Testlar 4 xil turda – sodda, o‘rtacha oson, murakkabroq va yuqori murakkablik darajasidagi savollarga bo‘linardi. Endilikda sodda savollar  12 ta, o‘rtacha oson savollar 12 ta, murakkabroq (3-darajali) savollar soni 6 ta bo‘ldi”, dedi Majid Karimov,

Bu yilgi test savollarida yuqori murakkablik darajasidagi savollar bo‘lmaydi. Ikki yildan beri juda murakkab savollar, ya’ni olimpiada ishtirokchilari uchun qo‘yiladigan savollar butunlay olib tashlangan.

Eslatib o‘tamiz, bu yil OTMga kirish uchun 1,5 mlnga yaqin abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Imtihonlar esa 2 sentyabrdan boshlanishi belgilangan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing