Tesla’ning 2022 yildagi eng muhim yangiligi e’lon qilindi
Texnologiya
−
28 yanvar 2022
13971Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Tesla’ning odamsimon robotini kompaniyaning 2022 yildagi eng muhim mahsuloti deb atadi. Elektromobil ishlab chiqaruvchisi rahbari, shuningdek, Tesla bu yil yangi avtomobil modellarini taqdim etmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Business Insider” xabar bermoqda.
Tesla rahbari Optimus deb nomlangan robot “kompaniya bu yil amalga oshirayotgan eng muhim ishlanma” ekanligini aytgan. Tesla Bot nomi bilan ham tanilgan Optimus birinchi marta 2021 yil avgust oyida Tesla AI Day tadbirida namoyish etilgan. U Tesla avtonom haydash tizimida qo‘llaniladigan sun’iy intellekt tizimida ishlaydi.
Mask robotlashtirilgan loyiha “vaqt o‘tishi bilan avtobiznesdan ko‘ra muhimroq bo‘lish potensialiga ega” deb kutmoqda, aytilishicha, u ishchi kuchi tanqisligini hal qiladi va iqtisodiyotni o‘zgartirishi mumkin.
Avvalroq, Ilon Mask AQSH Prezidenti Jo Baydenni “ho‘l paypoqli qo‘g‘irchoq” deb atagani aytilgandi. Qayd etilishicha, Bayden o‘z tvitida Amerikaning General Motors va Ford kabi kompaniyalari boshqa hech bir davlatda emas, balki AQSHda ko‘proq elektromobil ishlab chiqarayotgani haqida yozib qoldirgan. Biroq elektromobil ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik kompaniyalardan biri Tesla eslab o‘tilmagan. Bunga javoban Ilon Mask Baydenni tanqid qilgan.
LiveBarchasi