Tesla alkogol ichimliklar sotishni boshladi

Bu qiziq

image

Amerikaning elektromobillar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Tesla kompaniyasi tekila savdosini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda "Reuters" xabar bergan.

Kompaniya rahbari amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, Tesla Tequila deb nomlangan ushbu spirtli ichimliklar yashin shaklidagi shishalarda sotiladi. 

750 ml ichimlikning narxi 250 dollar turadi. 

Ma’lumotga ko‘ra, Tesla Tequila faqat AQSHning ba’zi shtatlariga, shu jumladan Kaliforniya, Nyu-York va Vashingtonga yetkazib beriladi. 

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask koronavirus pandemiyasi davrida eng ko‘p foyda ko‘rgan milliarderlar qatoridan joy olgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

tesla

Baholaganlar

219

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar