Terroristlarda ham zamonaviy qurollar bor – Britaniya armiya uchun 80 mlrd funt sarflaydi
Olam
−
13 mart 2021
3340Buyuk Britaniya hukumati qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish uchun 80 milliard funt sterling sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Telegraph gazetasi Buyuk Britaniyaning Mudofaa vazirligi “Global Britain in a Competitive Age” hisobotiga asoslanib xabar berdi.
Gazetaning yozishicha, ushbu summani yaqin to‘rt yil ichida armiyani modernizatsiyalashga sarflash rejalashtirilgan. Shuningdek, keyingi o‘n yil ichida hukumat mudofaaga yana 200 milliard funt sterling sarflaydi.
Hokimiyat tanklarni modernizatsiya qilish va yangi jangovar frekatlar sotib olishni istamoqda. Shuningdek, Buyuk Britaniya harbiy tahdid yuzaga kelganda safarbar etishi mumkin bo‘lgan yadroviy kallaklar sonini ko‘paytirishni rejalashtirilgan. Bundan tashqari, rasmiylar bir nechta kamikadze dronlarini sotib olmoqchi.
“Texnologiyalar ko‘payib ketdi, biz bundan tashvishlanishimiz kerak. Terroristlardan tortib boshqa mamlakatlarga qadar hamma zamonaviy uskunalar va uchuvchisiz samolyotlarga ega”, deydi mamlakat hukumatidagi manba gazetaga.
Hisobotning o‘zi kelasi hafta e’lon qilinadi. U ikki qismdan iborat bo‘ladi: birinchisi Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonning harbiy doktrinasi, ikkinchisi Mudofaa vazirligining bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish rejasi.
LiveBarchasi