Terrorchi guruhlarni moliyalashtirib kelayotgan o‘zbekistonlik qidiruvga berildi

3-sahifa

image

Diniy ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib, ularni moliyalashtirgani aniqlangan Dilshod Qodirov qidiruvga berildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1969 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan Dilshod Hojimurodovich Qodirov 2006 yilda diniy ekstremistik oqimlar ta’sirida Birlashgan Arab Amirliklari orqali Suriyaga o‘tib, terrorchi guruhlar safiga qo‘shilgan.

Qodirov Toshkentda yashagan vaqtida tadbirkorlik faoliyatini olib borgan. Bundan tashqari, u muntazam sport bilan ham shug‘ullangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qodirov terrorchilik faoliyatini xorijdagi diniy ekstremistik guruhlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishdan boshlagan. U topgan daromadini chetdagi sheriklariga jo‘natib turgan. Hozirgi kunda uning aynan qayerda ekani ma’lum emas.

Oradan uzoq vaqt o‘tishiga qaramay Dilshod Qodirov yaqinlari bilan aloqaga chiqmagan. 2010 yilda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan Dilshod Hojimurodovich Qodirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244 prim 2-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qidiruv e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilgan 34 yoshli Mirolim Mirsamig‘ovich O‘lmasov qidiruvga berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya qidiruv moliyalashtirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing