“Termizshahargaz” mansabdori pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
27 mart
6826Surxondaryoda gaz tarmog‘iga ulanishga ruxsat berishi uchun tadbirkordan 700 AQSH dollari talab qilgan "Termizshahargaz" gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Termiz shahar bo‘limi, prokuratura va IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda “Termizshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i F.H. “M.M.” oilaviy korxonasining umumiy ovqatlanish shoxobchasida gaz nuqtalarini tashkil etish va ularni tarmoqqa ulashga ruxsat hamda texnik shart xulosasini berishi evaziga 700 AQSH dollari va loyiha hujjatlarini arzon narxlarda tayyorlab berishi uchun yana 2 mln so‘m talab qilib, ushbu pullar hisobidan 5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi xabarda.
LiveBarchasi