Termizda o‘quvchi 25 yoshli yigitni pichoqladi
Jamiyat
−
10 dekabr 2019
6729Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi “Dark City” kafesi oldida tungi 01:30 larda ko‘ngilsiz voqea sodir bo‘ldi. Bu haqda "Postda" nashri xabar berdi.
Shahardagi 1-sonli o‘rta maktabning 11-sinf o‘quvchisi F.Q. va Jarqo‘rg‘on tumani “Yangiobod” mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan Q.R. o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Janjal paytida F.Q. mast holda Q.R.ning qorniga pichoq sanchib oldi. Jabrlanuvchining akasi, 1991 yilda tug‘ilgan K.R. esa bunga javoban F.Q.ning yuz va bosh qismiga urib, jarohat yetkazdi.
Natijada Q.R. va F. Q. shifoxonaga yotqizildi.
Holat yuzasidan F. Q. va K.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi