Termiz IIB boshlig‘i tuman hokimi bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 21 iyun kuni Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Rahmatullo Boboxonovich G‘afforov vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Anvar Mamatovich Normamatov tasdiqlandi.

Anvar Normamatov 1981 yil 10 martda Angor tumanida tug‘ilgan. 2003 yil O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi huquqshunos.

Normamatov 2003-2021 yillarda Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2021 yildan buyon Termiz shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Qumqo'rg'on

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing