Termiz changga burkandi (foto+video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 9 iyun kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahri va boshqa yaqin hududlarda kuchli chang bo‘roni kuzatilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi, iqlimshunos olim Erkin Abdulahadov xabar berdi.

“Aynan ushbu chang bo‘roni Surxondaryo viloyati markazi va sharqiy qismlariga tarqalishi mumkin. Boshqa viloyatlarga emas”, deyiladi xabarda.

Keltirilishicha, qum bo‘roni tufayli kunduz kuni shaharda hatto tungi chiroqlar yoqilgan. Bugun soat 10:00 holatiga Termizda ko‘rinish masofasi 200 metrgacha cheklangan.

“Termizdagi bu chang bo‘roni mintaqada qurg‘oqchilik, cho‘llashishni jadal tarzda davom etayotganidan yana bir signal belgisi sifatida gavdalanadi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, shahar aeroport uchish-qo‘nish yo‘lagida ko‘rinish masofasi 500 metrgacha cheklangan. Shamol 11 m/s tezlikda esgan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Termiz chang

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing