Termada ilk chaqiruvimdan to hozirga qadar eng yuqori xohish bilan harakat qilganman – Shomurodov

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Jahon chempionati saralashi doirasida KXDRga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida qatnashib, o‘z fikrlarini bildirdi.

“Nihoyat, uzoq kutilgan yillardan so‘ng biz uchun yana asosiy bosqich boshlanadi. Barchamiz o‘yinga tayyormiz. Maqsadimiz yo‘lida bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.  Avvalgi sikllar davomida yosh futbolchi sifatida qatnashganmiz va tajribali futbolchilar bilan birga harakat qilganmiz. Biroq bu gal endi mas’uliyat o‘zimizda, o‘rgangan tajribalarimizni ishga solishimiz kerak. Bizda tayyorgarlik uchun yetarlicha vaqt bo‘ldi. Xatolar ustida ishlab bordik. Barchamiz bir oila bo‘lib, birgalikda asosiy vazifani bajarishga ishonamiz”, deydi Shomurodov.

Shomurodov terma jamoa libosida doim bor kuchini berib, to‘p tepganini qo‘shimcha qildi. 

“Ilk chaqiruvimdan to hozirgi kunga qadar har doim eng yuqori xohish bilan harakat qilganman. Barchamiz JCHga chiqishni orzu qilamiz. Shu sababli har bir o‘yinda faqat bitta maqsad bilan harakat qilamiz. Bu yo‘lda barcha imkoniyatimizni ishga solamiz”, deydi jamoa sardori.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq terma jamoa ustozi Srechko Katanets Shimoliy Koreyaga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Eldor Shomurodov Srechko Katanets

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing