Terma jamoa futbolchisiga nisbatan qo‘pol gapirgan sharhlovchi uzr so‘radi (video)

Sport

image

“Sport” telekanalining rus tilidagi sharhlovchisi Otabek Jo‘rayev Osiyo kubogi chorak finalidan o‘rin olgan Qatar – O‘zbekiston o‘yinidagi penaltilar seriyasi davomida Zafarmurod Abdurahmatovning muvaffaqiyatsiz urinishidan so‘ng qo‘pol gapirgani uchun futbolchidan uzr so‘radi. Bu haqda sharhlovchi o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi. 

“So‘nggi chorak finaldan deyarli ikki kun o‘tdi. Stress qo‘yib yubordi, hissiyotlar joyiga tushdi. Endi ishtirokimiz haqida o‘z fikrlarim bilan o‘rtoqlashsam bo‘ladi, ammo bundan oldin menga eng muhim bo‘lgan narsaga e’tiborimni qaratmoqchiman. O‘sha o‘yindagi penaltini nazarda tutyapman. Zafarmurod bilan aloqaga chiqdim. Uzr so‘radim. Masala yopildi. Qiyomatga qolmadi. Mana endi o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman”, deydi Otabek Jo‘rayev.

Ma’lumot uchun, 20 yoshli Zafarmurod Abdurahmatov Qarshining “Nasaf” klubi a’zosi hisoblanadi. U Qatar bilan o‘yindagi penaltilar seriyasida O‘zbekiston milliy terma jamoasining 4-zarbasini amalga oshirdi, biroq urinish samarasiz yakunlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo kubogi Zafarmurod Abdurahmatov Otabek Jo'raev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing