Teri qarishining oldini qanday olish mumkin? 

Salomatlik

image

Diyetologlarning fikricha, shirinliklarni haddan ortiq iste’mol qilish nafaqat insonning qomatiga, balki organizmning umumiy salomatligiga, shu jumladan, terining holatiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. 

Bu yerda ortiqcha glyukoza va oddiy uglevodlar omili muhim rol o‘ynaydi: odam tezda ortiqcha vaznga ega bo‘ladi, qandli diabet va bo‘g‘im patologiyalari rivojlanishi xavfi tug‘iladi. Oddiy uglevodlarning kollagen va elastinga kimyoviy ta’siri tufayli inson tanasi tezroq qariydi. Kollagen va elastin teri to‘qimalarining elastikligi va mustahkamligi uchun javobgardir. 

Ko‘p shirinlik iste’mol qilinsa, quyidagilar ro‘y beradi: glyukoza oqsillar bilan o‘zaro ta’sir qila boshlaydi, keyin kimyoviy jarayon boshlanadi, uning ostida kollagen va elastin parchalanadi, bu esa teri holatining yomonlashishiga olib keladi. U asl mustahkamligini yo‘qotadi, quriydi va sezilarli darajada qariydi. 

Shuningdek, esda tutish kerakki, diyetalar har doim ham foydali bo‘lavermaydi. Ko‘pincha, ozg‘in tanaga intilayotganda, qancha ozuqa moddalari iste’mol qilinishini kuzatish unutiladi. Shuning uchun, “parhez” so‘zini “to‘g‘ri ovqatlanish” iborasiga o‘zgartirish maqsadga muvofiq. Bu “xavfli” ochlik va uning oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra yaxshiroqdir. 

Diyetologga ko‘ra, teri qarishini sekinlashtirish uchun ko‘p suv ichish zarur. U miya hujayralarining qarishini to‘xtatadi, infarkt yoki insult ehtimolini kamaytiradi, shuningdek, organizmning barcha ishlarini yengillashtiradi, faqat suvni to‘g‘ri ichishni bilish kerak. Kun davomida muntazam ravishda suv ichish muhim. Shunda keksalik ancha keyin “tashrif buyuradi” va aql ravshan bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

teri

Baholaganlar

466

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing