Tergovdan qochgan uchinchi shaxs ham qo‘lga olindi 

3-sahifa

image

Joriy yilnig 18 dekabr kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan shaxslar qidirilayotgani haqida e’lon bergan edi.

Ma’lum qilinishicha, ular tergovdan qochib yashirinishga muvaffaq bo‘lgan. Oradan bir kun o‘tib esa qidirilayotganlardan ikki nafari Rustam Umarov va Tohirjon Pattayev ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushlangan.

Uchinchi shaxsga nisbatan esa qidiruv choralari kuchaytirilib, hatto uni topgan odamga 40 mln so‘m mukofot e’lon qilingan edi.

IIBB ma’lumotlariga ko‘ra bugun, 24 dekabr kuni qidiruvdagi uchunchi shaxs Akromjon Abdullayev ham Toshkent tumani Oqtom qishlog‘i hududida qamishlar orasida bekinib yotgan joyida qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahar Tergov Ichki ishlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing