Tergov bo‘linmasi boshlig‘i o‘qotar qurolni yig‘a olmadi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 10 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini Nurafshon shahar Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i Mirali Abdurahmonov deb tanishtirgan xodim qismlarga ajratilgan AK-74 o‘qotar qurolini yig‘a olmagani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov QALAMPIR.UZ’ga izoh berdi.

Shohruh G‘iyosovning ta’kidlashicha, ayni kunlarda Toshkent viloyati bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarligi sinovdan o‘tkazilmoqda. Xodimlarning o‘q otish, qurolni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, jismoniy tayyorgarligi hamda sohaga oid bilimlari tekshirilmoqda. 

Natijalarga ko‘ra, 95 foiz xodimlar sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan, 3 foiz xodimlar qayta sinov topshirib o‘tishgan hamda 2 foiz qoniqarsiz baho olgan xodimlar malaka oshirish kurslariga yuborilgan.  

“Mazkur turdagi sinovlar xizmat jarayoning ajralmas qismi bo‘lib, belgilangan reja asosida mintaqamizning barcha viloyatlarida o‘tkaziladi”, deya qo‘shimcha qildi Matbuot kotibi.

Qayd etishicha, videotasvirlarda qurolni yig‘a olmagan Nurafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i ikkinchi urinishda bu ishni uddalagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

860

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing