Terakt vahimasi: Migrantlar Rossiyani tark etmoqda
Olam
−
30 mart
25229Moskva yaqinidagi teraktdan so‘ng ko‘plab tojikistonlik mehnat muhojirlari mamlakatni tark etmoqda. Bu haqda Tojikiston Mehnat, migratsiya va bandlik vaziri o‘rinbosari Shahnoza Nodiriy "TASS"ga ma’lum qildi.
"Bizga juda ko‘p qo‘ng‘iroqlar bo‘lyapti. Fuqarolarimiz o‘ziga nisbatan ta’qiblar bo‘layotganini ochiq aytishmasa-da, ularning aksari qo‘rquv va vahima tufayli mamlakatdan ketishni xohlaydi. Hozir biz vaziyatni kuzatib boryapmiz: ayni paytda Rossiyaga ishga ketganidan ko‘ra ko‘prog‘i (Tojikistonga) qaytyapti”, degan Nodiriy.
Vazir o‘rinbosari ushbu holat vaqtinchalik bo‘lishiga umid qilmoqda. U odamlarni internetdagi provokatsion xabarlarga berilmaslikka chaqirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston fuqarolariga nisbatan tazyiqlar ham ortib boryapti. Terrorchilik harakatidan keyin Mehnat vazirligining vakolatxonasiga ham tahdidli xabarlar kelib tushgan.
Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Rossiyada migrantlarning xizmatidan butunlay voz kechish imkonsiz. Sababi, migrantlarning xizmatisiz JKX, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa sohalar to‘xtab qoladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr