Terakt uyushtirishni rejalashtirgan to‘da qo‘lga olindi

Olam

image

Qozog‘istonda odamlar gavjum joylarda terrorchilik hujumlarini uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilingan besh kishi qo‘lga olindi.

Gumonlanuvchilar joriy yilning 27 yanvar kuni Qarag‘anda va Taraz shahrida qo‘lga olingan va ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Bu haqda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabar bermoqda

Qayd etilishicha, barcha qo‘lga olinganlar og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun muqaddam sudlangan.

“Tergov versiyasi ko‘ra, guruh respublika hududida, jumladan, odam gavjum joylarida terrorchilik aktlarini sodir etish maqsadida tuzilgan”,  deyilgan xabarda.

Ushbu shaxslarga nisbatan terrorchilik guruhini tuzish, unga rahbarlik qilish va uning faoliyatida ishtirok etish (Jinoyat kodeksining 257-moddasi), shuningdek, terrorizmni targ‘ib qilish (Jinoyat kodeksining 256-moddasi) moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

380

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing