Terakt uyushtirgani aytilgan tojikistonliklar yashash joyida ekani ma’lum bo‘ldi 

Olam

image

Moskvadagi teraktdan so‘ng Telegram-kanallarda ma’lumotlari tarqalgan Tojikistonning uch fuqarosi “Krokus” dagi otishmada ishtirok etmagan. Ayni paytda ulardan ikkitasi o‘z yurtida, biri esa Samarada ishlaydi. Bu haqda Tojikiston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rivojiddin Islomov va Maxmadrasul Nasriddinov 2023 yil 26 noyabr kuni Rossiyadan Tojikistonga kelgan va hozirda yashash joyida. Ichki ishlar bo‘limi hatto ularning suratini ham ilova qilgan.

Yana bir ismi-sharifi keltirilgan mamlakat fuqarosi Rustam Nazarov esa Samara shahrida taksichilik qilayotgani aytilgan. 

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlardan keyin, mamlakat politsiyasi darhol gumonlanuvchilar bilan suhbat o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda “Krokus”da terakt uyushtirganlar Tojikiston fuqarolari ekani haqida xabar paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng, Tojikiston TIV OAV vakillariga murojaat qilib, tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘radi. 


Maqola muallifi

Teglar

Moskva Terakt tojikiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing