Teofimo Loma bilan revanshga rozi bo‘ldi 

Sport

image

Professional boksning yengil vazn toifasida WBC, WBA Super, WBO, IBF va The Ring yo‘nalishlari bo‘yicha mutlaq Jahon chempioni Teofimo Lopes (16-0) ukrainalik sobiq chempion Vasiliy Lomachenko (15-2) bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan revansh jangi haqida gapirdi.

Amerikalik bokschining so‘zlariga ko‘ra, agar Loma birinchi yarim o‘rta vazn toifasiga ko‘tarilsa, jang o‘tkazishga rozi bo‘ladi.

“Agar Lomachenko revansh olmoqchi bo‘lsa, birinchi yarim o‘rta vazn toifasiga ko‘tarilishi kerak. U mendan og‘irroq ekanini his qildim. Kel, birinchi yarim o‘rta vaznga ko‘tarilamiz. Agar kimdir revansh istasa, uning yagona yo‘li bitta vazn yuqoriga ko‘tarilsin. Men Lomani halol yutganman. Demak, yangi vazn toifasida ko‘rishguncha. Menimcha, Lomachenko yengil vazn toifasida eng zo‘ri. Chunki u barcha raqibini shu yerda mag‘lub etadi deb o‘ylayman”, deydi Lopes.

Eslatib o‘tamiz, Lopes aksariyat bokschilar Vasiliy Lomachenkoga qarshi ringga chiqishga jur’at eta olmasligini aytgan edi.

Ma’lumot uchun, “The Takeover” 2020 yil 17 oktyabrda yengil vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Vasiliy Lomachenkoni mag‘lub etganidan beri bir yildan ortiq vaqt davomida ringga ko‘tarilmadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

WBA WBC IBF WBO Prof Boks Lomachenko Lopes

Baholaganlar

16

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing