Tennis: ayollar o‘rtasida US Open finali yangi yulduzni aniqlab beradi 

Sport

image

Tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi mavsumning so‘nggi musobaqasi hisoblangan US Open musobaqasida kutilmagan holat ro‘y berdi.

Gap shundaki, ayollar o‘rtasida final bahsiga 18 yoshli britaniyalik Emma Radukanu va 19 yoshli kanadalik Leyla Fernandes yetib keldi.  
Asosiy to‘rga saralash bahslari orqali yetib kelgan 150-reytingdagi Radukanu yarim finalda gretsiyalik Mariya Sakkarini 6:1, 6:4 hisobida mag‘lub etdi. Fernandes esa jahonning 2-raqamli raketka ustasi, belaruslik Arina Sobolenko ustidan 7:6, 4:6, 6:4 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa, 1999 yildan beri birinchi marta “Katta dubulg‘a” musobaqalarining finaliga 20 yoshdan kichik bo‘lgan tennischilar yetib keldi. 

Eslatib o‘tamiz, mukofot jamg‘armasi 57 million dollardan ziyod musobaqaning g‘olibi 2000 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

US Open Radukanu Fernandes

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing