Telekanal mansabdori xodimasiga tegajog‘lik qildi
3-sahifa
−
08 fevral
27856Toshkent viloyatidagi “Nurafshon” telekanalining bosh muharrir o‘rinbosari o‘z xodimasiga shilqimlik qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Voqea 27 yanvar kuni “Nurafshon” telekanalida sodir bo‘lgan. Telekanal bosh muharriri o‘rinbosari shu yerda ishlovchi xodima ayolni aldab ish joyiga chaqirgan va unga shahvoniy shilqimlik qilgan. Shundan so‘ng, ayol IIBga murojaat qilgan.
Joriy yilning 6 fevral kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan.
Ayolning sudga bergan ko‘rsatmasiga ko‘ra, bunday holat anchadan buyon davom etib kelgan. U mazkur holatdan so‘ng asabiy bo‘lib qolganini aytib, suddan bosh muharrir o‘rinbosariga nisbatan qonuniy chora ko‘rishini va unga yetkazilgan ma’naviy zararni undirib berishni so‘ragan.
Sudda erkak aybiga iqrorligini, hozirda qilgan ishidan pushaymon ekanligini bildirgan.
Sud qarori bilan erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41 prim1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi