Telegram videoqo‘ng‘iroqlarni ishga tushirdi
Texnologiya
−
15 avgust 2020 17249 1 daqiqa
Telegram messenjerining yangilangan versiyasiga Android-qurilmalar uchun ommaviy sinov tariqasida videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi qo‘shildi. Bu haqda kompaniya xabar berdi.
Videoqo‘ng‘iroqni amalga oshirish uchun, kerakli foydalanuvchi shaxsiy profiliga kirib, avval ovozli qo‘ng‘iroq qilish tugmasini bosish kerak. So‘ngra “Video” tugmasi bosiladi. Videoni istalgan vaqtda o‘chirish yoki yoqish mumkin.
Barcha video chaqiruvlar boshidan oxirgacha shifrlash bilan himoyalanadi. Kompanining ma’lum qilishicha, yaqin vaqtlarda guruhli videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi ham ishga tushadi.
Apple ilovaning yangilangan versiyasini hamon nazoratdan o‘tkazmagani sababli App Store’ga joylash kechikyapti. iOS foydalanuvchilarini video chaqiruvlarni kutishga to‘g‘ri keladi.
Live
Barchasi