Telegram O‘zbekistonlik o‘smirlarni shantaj qilib kelgan kanalni blokladi

Jamiyat

image

Telegram O‘zbekistonda shantaj qilish yo‘li bilan o‘smirlardan pul undirib kelgan kanalni blokladi. Bu haqda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi matbuot kotibi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari maqsadi shantaj, pul undirish va o‘smirlarni haqorat qilish bo‘lgan kanal faoliyatiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligaga e’tibor qaratgan, davlat organlari ham holatni nazoratga olgan. Biroq, kanal o‘z faoliyatini davom ettirgan.

Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, jurnalistlar o‘rtasida ushbu kanalning "cho‘kib ketmasligi" masalasi muhokama qilingandan so‘ng, Mass-media jamg‘armasi kanalni bloklash iltimosi bilan Telegram asoschisi Pavel Durovga murojaat qilgan. Shundan so‘ng, kanal bloklangan.

Aytilishicha, Telegram 2018 yil noyabr oyidan beri bolalarni ongini zaharlab kelgan 18 493 ta kanal va guruhlarni yopgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing