Telegram Ukrainada ham cheklanishi mumkin
Olam
−
30 avgust 2024 3032 1 daqiqa
Oliy Rada sentyabr oyi oxirigacha Ukrainada Telegram messenjeri faoliyatini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasini ishlab chiqish va amaliyotga kiritish niyatida. Bu haqda “Drugaya Ukraina” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, tegishli qaror kecha, 29 avgust kuni Nikita Poturayev boshchiligidagi parlamentning Gumanitar va axborot qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan. Deputatlar ko‘rib chiqish uchun asos sifatida xalq deputati Nikolay Knyajitskiy tomonidan kiritilgan qonun loyihasini olgan. Ushbu hujjat messenjerni muayyan sanksiyalar tahdidi ostida mulkchilik tarkibini oshkor qilishga majburlashni taklif qiladi. Natijada uning asosida yangi qonun loyihasini ishlab chiqishga qaror qilindi. Telegram platformasi uchun asosiy talab Ukraina rasmiylari bilan qonunga rioya qilish bo‘yicha muloqotni ta’minlashdan iborat.
Knyajitskiyning fikricha, Telegram Ukrainaga qarshi operatsiyalarda ukrainaliklarning agressiyaga qarshiligini sindirish bo‘yicha axborot operatsiyalaridan tortib, qurolli tajovuzda maxfiy hukumat ma’lumotlari va fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘plashi va foydalanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyada Telegram bloklanishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025