Telegram foydalanuvchilari soni 800 milliondan oshdi

Texnologiya

image

Telegram platformasi foydalanuvchilari soni 800 milliondan oshdi. Qimmatli qog‘ozlari qiymati esa 270 million dollarga yetdi. Bu haqda ilova asoschisi Pavel Durov xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Telegramda har kuni 2,5 milliondan ortiq yangi foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tadi.

“Garchi bunday katta o‘sish ko‘proq ma’lumotlarni saqlash xizmati va trafik xarajatlarining o‘sishini bildirsa ham biz xursandmiz. Yaxshiyamki, Telegram sarf-xarajatlarni oqilona yo‘lga qo‘ygan. U hali rentabellikka erishmagan bo‘lsada, umuman olganda Twitter va Snap kabi raqobatchilariga qaraganda moliyaviy holati ancha yaxshi”, deb yozgan Pavel. 

Asoschining so‘zlariga ko‘ra, u Telegram yangi qimmatli qog‘ozlarining chorak qismini sotib olgan va Telegram'ning  o‘sishi uchun o‘n millionlab mablag‘ kiritgan. Bu Telegram faoliyati uchun so‘nggi 10 yil davomida sarflagan yuzlab millionlarga qo‘shimchadir. 

“Ba’zilar buning o‘rniga uy yoki samolyot sotib olishim kerakligini aytishadi. Lekin men hech nimaga "egalik qilmasdan" o‘z ishimga e’tibor qaratishni afzal ko‘raman. O‘z foydalanuvchilarini birinchi o‘ringa qo‘yadigan mustaqil xabar almashish platformasi kerak bo‘lgani uchun yuz millionlab odamlar Telegram`ga a’zo bo‘lishgan. Mening burchim va mening hayotim ishim bu – platformani rivojlantirishdir”, degan Pavel.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir oy avval Pavel Durov Telegram ijtimoiy tarmoq platformasida ham Instagram'da bo‘lgani kabi storis qo‘yish imkoniyati yaratilishini ma’lum qilgan.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Telegram Durov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing