Telegram kanallari ham storislar qo‘yish imkoniga ega bo‘ladi

Bu qiziq

image

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida kanallar uchun ham storis qo‘yish imkoniyati taqdim etiladi. Bu haqda ilovaning "tginfo" akkaunti xabar berdi.

Manba kelajakda platformada amalga oshiriladigan yangilanishlar haqida bir qator taxminlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, yaqin kunlarda Premium obunachilari o‘z kanallarida storis qo‘yish imkoniga ega bo‘ladi. 

Ammo ushbu jarayon kanal mualliflarining auditoriyaga qaram bo‘lib qolishiga olib keladi. Chunki kanalda qo‘yiladigan storislarning miqdori kanaldagi Premium tarif obunachilarining ovoziga bog‘liq bo‘ladi.  Har bir Premium obunachici bitta ovozga ega bo‘ladi va u o‘zining ovozi bilan kanalda storislarni ko‘paytirishga hissa qo‘shishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, kanal qanchalik ko‘p pulli tarif obunachilariga ega bo‘lsa, u shunchalik ko‘p hikoyalar yaratishi va obunachilari bilan baham ko‘rishi mumkin.

Shuningdek, foydalanuvchilar kuniga bir marta tanlov kanalini o‘zgartirishi mumkin. Buning natijasida odamlar qiziqarli kontentga ovoz berishadi va kanal mualliflari o‘rtasida raqobat yanada kuchayadi. 

Mualliflar statistikada kanalni kim qo‘llab-quvvatlaganini ko‘rishi va  Premium obunasi bo‘lgan foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin. 

Bundan tashqari, kanal ma’murlari kelajakda yana bir nechta maxsus imkoniyatlarga ega bo‘lishi kutilmoqda, ammo bu haqdagi ma’lumotlar hali to‘liq ochiqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Telegram storis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made