Telegram kanal mualliflari uchun monetizatsiyani ishga tushirdi
Texnologiya
−
01 aprel 2024 9184 1 daqiqa
Endi mingdan ortiq obunachiga ega Telegram kanallarining egalari ulardagi reklamadan tushgan daromadning 50 foizini oladi. Bu haqda Telegram messenjerining o‘zida xabar berildi.
Kanal egalari tushgan mablag‘ni olib qo‘yishi yoki ular bilan reklama uchun to‘lov qilishi mumkin. Buning uchun bir qator mamlakatlar, jumladan, Rossiya, Ukraina, Falastin va Isroil foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘lmagan TON blokcheyniga asoslangan kriptovalyuta Toncoin ishlatiladi.
“Biz TON blokcheynini past to‘lovlar, tranzaksiyalarni qayta ishlashning yuqori tezligi va soniyada rekord darajadagi tranzaksiyalarni qo‘llab-quvvatlash kombinatsiyasi uchun tanladik”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, 31 martdan boshlab istalgan Messenger akkauntini biznes akkauntiga aylantirish va ish vaqti va manzili, tezkor javoblar, avtomatik xabarlar, bo‘sh chat sahifasida xabarni sozlash hamda chat-botni qo‘llab-quvvatlash kabi biznesga xos xususiyatlarga kirish mumkin.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust