Telegram'dan yangilik: endi bir martalik audioxabar jo‘natish mumkin

Bu qiziq

image

Dunyo bo‘ylab keng tarqalgan xabarlar messenjeri Telegram yangi yilda yana bir qator yangilanishlarni taqdim etdi. Bu haqda tarmoq asoschisi Pavel Durov xabar berdi. 

Ushbu o‘zgarishlardan asosiysi – chatlarda uzatiladigan audioxabarlarning bir martalik funksiyaga ega bo‘lishidir. Funksiyani ishga tushirish uchun foydalanuvchi matn kiritish bo‘limi yonidagi “Mikrofon” belgisini bosib turib, tepaga surishi kerak. Shunda ekranda 1 raqami paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi yozayotgan audioxabari eshitilishi bilan o‘chib ketishi uchun ushbu raqamni bosishi kerak. Shundan so‘ng audioxabar tinglanishi bilan avtomatik tarzda o‘chiriladi. 

Bundan tashqari tarmoqning qo‘ng‘iroqlar funksiyasi ham rang-barang yangi dizayn bilan boyitildi. Endi qo‘ng‘iroq vaqtida, suhbat davomida va o‘zaro gaplashib bo‘linganidan keyin yangi animatsiyalar va fonlar o‘zgarib turadi.  

Shu o‘rinda endi messenjerning ham tejamkor batareyaga egaligini aytish o‘rinli. Natijada Telegram qo‘ng‘iroqlari vaqtida kamroq energiya sarflanadi va batareya quvvatini tejaydi. Shu bilan birga funksiya eski, kam quvvatli qurilmalarda ham yaxshi ishlaydi.

Durovning qayd etishicha, 2024 yilda qo‘ng‘iroqlar vaqtidagi ovoz sifatini yanada yaxshilash ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram'ning so‘nggi beta-versiyasida Premium obunasisiz storis joylash imkoniyati paydo bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Telegram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing