Telegram'da yangi “Ahmadboy” paydo bo‘ldimi?
3-sahifa
−
31 mart 2023
16978Telegram orqali “pulingizni ikki hissa qilib, qaytarib beramiz” deb odamlarni chuv tushirayotgan shaxs aniqlandi.
Xabar qilinishicha, Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi 31 yoshli K.M. Telegram messenjerida "Hadya berib, hadya oling" nomli guruhga a’zo bo‘lib, guruhdagi "pullarni 2 barobar ko‘paytirib beramiz" mazmunidagi xabarlarga ishongan holda 28 mln so‘m mablag‘ni noma’lum shaxs plastik kartasiga o‘tkazib berganini ma’lum qilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyat Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi 29 yoshli X.D. tomonidan sodir etilgani aniqlangan. U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 1881-moddasi 2-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Qonunga muvofiq X.D. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Shunday tovlamachilik yo‘li bilan pul ishlamoqchi bo‘lgan yana bir jinoyat voyaga yetmagan shaxs tomonidan amalga oshirilgan.
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi 37 yoshli O.R. murojaat qilib, noma’lum shaxs plastik kartasidan 1 mln 600 ming so‘m pulini o‘zlashtirganligini bildirgan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi 16 yoshli Sh.Sh. Telegram messenjeri orqali pulini 2 barobar ko‘paytirib berishini aytib, noma’lum shaxsga zararli havola yuborgan holda uning plastik karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, pullarni o‘zlashtirgan.
Sh.Sh.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shohjahon Majitov
LiveBarchasi