Telegram’da kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug‘ullangan erkak qamaldi
3-sahifa
−
21 Sentabr
5120Toshkentda Telegram’da noqonuniy kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug‘ullangan 35 yoshli erkak qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjatlari bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 7 sentyabr kuni IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. Telegram “Koshelyok” bo‘limida telefondan foydalanib, noqonuniy ravishda kripto-aktivlar aylanmasini amalga oshirgani aniqlangan.
2024 yilning 20 sentyabr kuni Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida 35 yoshli erkakka jazo tayinlandi.
Huquqbuzar sud majlisida o‘zining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatdagi huquqbuzarlik harakatiga iqrorligini, hozirda sodir etgan qilmishidan pushaymonligini, boshqa bu kabi harakatlarni sodir etmasligini, sodir etgan qilmishining oqibatini to‘liq tushunib yetganini aytdi va kripto-aktivlar aylanmasini qonunchilikda belgilangan tartibda oldi-sotdi qilish kerakligidan xabari yo‘qligini inobatga olib, suddan unga jazo tayinlashda yengillik berishni so‘radi.
Sud qarori bilan A.A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 155-4-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda ayblanib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Shuningdek, ashyoviy dalil sifatida olingan 1 dona “Redmi 13C” rusumli telefon apparati qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi 21 yoshli yigit noqonuniy notkoin oldi-sotdisi bilan shug‘ullangani uchun 10 sutkaga qamalgandi.
LiveBarchasi