Telefonni begona quvvatlantirishga ulash, xakerlar qarmog‘iga tushishdir

Texnologiya

image

Mutaxassislar telefonni quvvatlantirishda begona qurilmadan foydalanish xavfli ekanligini aytdi.

Gap telefonni quvvatlantiradigan begona qurilma haqida bormoqda. Bu holatda eng xavfsizi sotib olinganda quti ichidan chiqadigan telefonning o‘z quvvatlantiruvchi qurilmasidir. Agar u yo‘q bo‘lsa, unda telefonga zarar yetkazish yoki firibgarlarga shaxsiy ma’lumotlarni “berish” xavfi paydo bo‘ladi.

Birinchi holat: muqobil quvvatlantirgich sotib olinganda volt diapazoni va chastotada farq qilishi mumkin.

"Soxta quvvatlantiruvchi nafaqat yong‘in xavfini keltirib chiqarishi, balki smartfon adapteri yoki dasturiy ta’minotini ham o‘chirib qo‘yishi mumkin", dedi Bosh moliya menejmenti oliy maktabining tahliliy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Mixail Kogan.

Ikkinchi holat: kishi hamma ishlatadigan quvvatlantirgichdan foydalanganda yoki kimdandir uni olib turganida. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, simlar orqali xakerlar telefonga kirishadi va parollarni, gadjetdagi barcha ma’lumotlarni, shu jumladan, fotosuratlarni, bank dasturlarini qo‘lga kiritishadi.


Maqola muallifi

Teglar

smartfon

Baholaganlar

301

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing