Tel-Avivda noma’lum shaxs odamlarga pichoq bilan hujum qildi
Olam
−
18 yanvar
1560Isroil poytaxti Tel-Avivda noma’lum shaxs odamlarga pichoq bilan hujum qilishi oqibatida bir necha kishi yaralandi. Bu haqda politsiya ma’lumotlariga tayanib, “The Jerusalem Post” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hujum Tel-Avivning Levontin ko‘chasida sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchilardan biri taxminan 20 yoshdagi yigit. Uning tanasining yuqori qismiga pichoq bilan jiddiy jarohat yetkazilgan va u shifoxonaga olib borilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hujum politsiya tomonidan ehtimoliy terrorchilik akti sifatida tergov qilinmoqda. Hujumchi Levontin ko‘chasida o‘tayotganlarga pichoq bilan zarba berishga uringan, shundan keyin u shu atrofdagi shaxs tomonidan otib o‘ldirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil oktyabr oyida Tel-Aviv shahri Yaffa hududida otishma va pichoqli hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘lib, 10 kishi yaralangan edi. Eron Isroilga yirik raketa hujumini uyushtirishidan bir necha daqiqa oldin ikki erkak poyezdda va unga yaqin bo‘lgan ko‘chada o‘t ochib, odamlarni pichoqlab, otib o‘ldirgan. Videokuzatuv kamerasi tasvirlariga ko‘ra, to‘pponcha va pichoq bilan qurollangan qora kiyimli ikki erkak temiryo‘l bekati yaqinida poyezddan tushib, o‘tkinchilarga o‘t ochgan. Hujumchilar huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘ldirilgan. Politsiya otishma sodir etganlikda gumon qilinayotgan uchinchi shaxsni ham qo‘lga olgan.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar