Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Akmal Ro‘ziqulovich Jumanazarov O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda bugun, 26 fevral kuni Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, shu munosabat bilan Akmal Jumanazarov O‘zbekiston energetika vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.

Jumanazarov bungacha Vazirlar Mahkamasi Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentining boshlig‘i, 2023 yilning fevralidan buyon Energetika vazirining elektr energetikasi va ko‘mir sanoati masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 

Ma’lumot uchun, Texnik tartibga solish agentligi Prezidentning 2021 yilning 2 iyunidagi tegishli farmoniga asosan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi negizida tashkil etilgan. U texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya sohalarida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Akmal Jumanazarov Texnik tartibga solish agentligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar