Texasda elektr simiga ilinib qolgan yuk mashinasi portlab ketdi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Texas shtatidagi Dallas shahrida beton quyishga mo‘ljallangan yuk mashinasi katta kuchlanishli elektr tarmog‘iga ilinib qolishi oqibatida portlab ketdi. Bu haqda shtat politsiya departamentiga tayanib, “Fox News” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kecha, 14 iyun kuni yuk mashinasi haydovchisi sohil bo‘yi hududidagi qurilish chog‘ida ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ygan. Mashinaga o‘rnatilgan nasosli kran katta kuchlanishdagi elektr simiga ilinib qolishi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.

Soat 14:00 da boshlangan yong‘in mashinaning yoqilg‘i bakida chaqnashni yuzaga keltirgan. Oradan 5 daqiqa vaqt o‘tib, uning kuchi biroz susaygan va soat 14:10 larda bartaraf etilgan.

Shuningdek, yong‘in bir necha soatga avtomobil yo‘lining to‘silib qolishiga va 100 dan ortiq iste’molchilarning elektrsiz qolishiga sabab bo‘lgan. Mazkur hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

yuk mashinasi Texas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing