Tegishli malakaga ega bo‘lmay turib faoliyat yuritgan psixologlarga javobgarlik belgilanmoqda 

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi psixologik yordam ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yoxud aholiga psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha qonunlarda belgilangan cheklovlarga rioya etmagan holda psixologik yordam ko‘rsatganlik uchun javobgarlikni belgilovchi alohida modda bilan to‘ldirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi.

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Qonun loyihasi bilan aholiga psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy prinsiplari, vazifalari, turlari, shakllari, standartlari aniq belgilanmoqda. Shuningdek, psixologik yordam ko‘rsatish sohasi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, bepul psixologik yordam ko‘rsatiladigan shaxslar toifalari, ta’lim tashkilotlarida psixologik yordam ko‘rsatish, ushbu sohada tadqiqot va ilmiy tajribalar o‘tkazish masalalari, psixologik yordam ko‘rsatishni rad etish yoki to‘xtatish asoslari nazarda tutilmoqda. Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi professional assotsiatsiyalar faoliyatining huquqiy asoslari yaratilmoqda.

Qonun loyihasida psixologiya yo‘nalishidan boshqa oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar xususiy tartibda psixologik yordam ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanishdan avval psixologiya mutaxassisligi uchun qayta tayyorlovdan o‘tishi kerakligi belgilanmoqda.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilinib, Senatga yuborildi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

psixolog

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing