Tech Carnival 2023 doirasida Olmaota shahrida Huawei Network Summit bo‘lib o‘tdi
Biznes
−
07 iyun 2023
2706Huawei yettita asosiy ssenariyda uzluksiz innovatsiyalarni namoyish etadi va oltita ilg‘or ishlanmalarni ishga tushiradi.
Joriy yilning 5 iyun kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida Tech Carnival davomida Huawei kompaniyasi Qozog‘iston, O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Pokiston va boshqa mamlakatlardan 480 dan ortiq mijoz va hamkorlarni jalb etgan Huawei Network Summit (HNS)ni muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Tadbirda Huawei oltita ilg‘or innovatsiyalarni namoyish etdi va Qozog‘iston IEEE bo‘limi bilan HPC Lossless Ethernet va AI Fabric Network Technical White Paper'ni chiqarish uchun kuchlarni birlashtirdi.
Kelgusi o‘n yillikda raqamli transformatsiya global rivojlanishning kaliti bo‘lib qoladi. Iqtisodiy rivojlanish noaniqliklarga to‘la bo‘lsada, biznes uchun bir narsa o‘zgarishsiz qolmoqda – raqamli transformatsiya rivojlanishga turtki bo‘ladi. Smart tarmoqlar IT va KT'ni bog‘laydi va korxonalarning barcha ishlab chiqarish va ofis jarayonlarini qamrab oladi. Tarmoq texnologiyasi asosiy yangi infratuzilma sifatida hech qachon hozirgidek muhim bo‘lmagan.
Huawei kompaniyasining ilg‘or texnologik innovatsiyalari doimiy ravishda sanoatni ma’lumotlar kommunikatsiyalari chegarasiga olib keladi. HNS doirasida Huawei kompaniyasining mahsulot ma’lumotlari bo‘yicha vitse-prezidenti Stiven Chjao Huawei kompaniyasining yettita asosiy mahsulotdagi asosiy texnologik yangiliklari haqida gapirdi: ofis kampusi, ishlab chiqarish kampusi, o‘zaro aloqa, keng maydon tarmog‘i (WAN), ma’lumotlar markazi tarmog‘i (DCN), tarmoq xavfsizligi; tijorat va biznes bozorlari.
Stiven Chjao "Innovatsiya hech qachon to‘xtab qolmaydi" nomli ma’ruza bilan ishtirok etdi
Bu sohada isbotlangan texnologiya innovatsiyalari orqali Huawei doimiy ravishda tarmoq qamrovi, intellektual operatsiyalar, sifat kafolati, xavfsizlik va ishonchlilik imkoniyatlarini yaxshilaydi. HNS ko‘rgazmasida Huawei oltita ilg‘or ishlanmalarni, jumladan, flagman mahsulotlar va kelajak uchun yechimlarni taqdim etdi.
Ma’lumotlarni uzatish sohasidagi oltita ilg‘or innovatsiyalarni ishga tushirish
- Router AirEngine 8771-X1T
AirEngine 8771-X1T tarmoqdagi ilk korporativ toifadagi Wi-Fi 7 ulanish nuqtasi sifatida istalgan vaqtda va istalgan joyda tengsiz simsiz ulanish uchun rekord darajadagi 30 Gbit/s tezlik va 10 ms ultra past kechikish imkonini beradi.
- Kommutator CloudEngine S16700
Cloud EngineS 16700 - sohadagi eng kuchli campus core kommutator bo‘lib, kelajak korporativ tarmoqlarini 400 Gbit/s tezlikka olib chiqishni ta’minlaydi.
- NetEngine AR8700
Net Engine AR8700 - bu yuqori mahsuldorlikka, ikkita asosiy protsessor birligiga (MPU) hamda yo‘naltirish va boshqarish qatlamlarini ajratishga ega bo‘lgan yangi avlod shtab-kvartirasi giperkonvergent shlyuzidir.
- Marshrutizator NetEngine 8000 F8
NetEngine 8000 F8 – bu ilg‘or texnologiyalaridan foydalanadigan va 6,4 Tbit/s gacha yo‘naltirish tezligiga moslashuvchan o‘lchovni ta’minlovchi ultra yuqori zichlikdagi marshrutizatoridir.
- Kommutator CloudEngine 16800-X
CloudEngine 16800-X – hisoblash quvvatini diversifikatsiya qilish uchun ishlab chiqilgan, ma’lumotlarni qayta ishlash markazi uchun sohadagi ilk kommutatordir.
- To‘lov dasturlaridan himoyalanish uchun ko‘p bosqichli yechim (Multilayer ransomware protection solution)
Huawei'ning ilk ko‘p bosqichli to‘lov dasturlari uchun yechim so‘nggi nuqtalar, tarmoq va saqlovchi bilan birga ishlashga mo‘ljallangan. Uchta asosiy imkoniyatlarga ega – tarmoq va saqlovchidagi ma’lumotlarni aniqlash, javob berish va tiklash – bu yechim ikkita mudofaa chizig‘i va oltita mudofaa qatlamini o‘z ichiga olgan keng qamrovli xavfsizlik tizimini yaratish uchun ideal mos keladi.
Hozirgi vaqtda HPC hisoblash quvvati va sun’iy intellektga global talab o‘sib bormoqda. Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar o‘zlarining milliy strategiyalariga sun’iy intellektni integratsiya qilganlar.
HNS da Huawei Qozig‘istondagi IEEE va BAAning yetakchi milliy fan va ta’lim tarmog‘i Ankabut bilan hamkorlikda HPC Lossless Ethernet va AI Fabric Network White Papper (texnik yo‘riqnomasini) taqdim etdi.
Ushbu texnik yo‘riqnomada Ethernet ma’lumotlarni qayta ishlash markazi tarmoqlari istiqbolini HPC va sun’iy intellekt ssenariylarida yo‘qotishlarsiz amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Shuningdek, u tarmoq arxitekturasi, asosiy texnologiyalar, biznes qadriyatlari va eng yaxshi amaliyotlar nuqtai nazaridan so‘nggi texnik tadqiqotlar va tijorat amaliyotlariga yangicha qarashni taklif etadi.
Shuningdek, HNS da Huawei Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi IP Club ga a’zolik dasturini ishga tushirdi va tadbirda 200 dan ortiq ishtirokchilarni jalb qildi. Bundan tashqari, Huawei Yaqin Sharqdagi IP Club a’zolariga muhim hissa qo‘shganliklari uchun mukofotlarni topshirdi.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi