Tehronda pul qadrsizlanishi fonida namoyishlar bo‘lib o‘tdi (video)

Olam

image

Bugun, 29 dekabr kuni Eron poytaxti Tehronda mahalliy valyuta – eron riali qiymatining keskin pasayishi fonida norozilik namoyishlari o‘tkazildi. Bu haqda “Fars” xabar berdi.

“Dollar kursining 140 ming tuman (1 million 400 ming rial)dan oshib ketishi, shuningdek, tadbirkorlarga bosim kuchayishi Tehron markazida ikki mahalliy norozilik aksiyasiga sabab bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu aksiyalar Erondagi norozilik hujayralari faoliyati uchun yangi turtki bo‘lishi mumkin. “Fars” ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi ikki kun ichida savdogarlar va tadbirkorlar Tehrondagi Chahorsu savdo markazi hamda Lolazor ko‘chasida to‘plangan. Noroziliklarning asosiy mavzusi valyuta kursining keskin tebranishlari va ularning ulgurji hamda chakana narxlarga ta’siri bo‘lgan.

Noroziliklar bilan bir vaqtda Eron xalq mujohidlari tashkiloti yetakchisi Maryam Rajaviy (bu tashkilot AQSH va Isroil bilan aloqalari bilan tanilgan) “noroziliklar zanjirini tashkil etishga” chaqirgan. “Fars”ning yozishicha, ushbu shiorlar va Erondagi ijtimoiy vaziyatni beqarorlashtirishdan ko‘zlangan maqsad siyosiy beqarorlikka erishishdan iborat. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning noyabr oyida Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon milliy valyutani denominatsiyalash haqida farmon chiqargandi.


Maqola muallifi

Teglar

namoyishlar Tehron pul qadrsizlanishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing