TDT sammitida “Strategiya hujjati” qabul qilinadi – Erdo‘g‘an

Olam

image

Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiy Davlatlar Tashkilotining 9-sammitida ishtirok etish uchun bugun, 10 noyabr kuni Samarqandga keladi. Davlat rahbari yo‘lga chiqish oldidan Anqara aeroportida jurnalistlar bilan muloqot qildi.  

Qayd etilishicha, “Turkiy sivilizatsiyaning yangi davri: mushtarak taraqqiyot va farovonlik sari” mavzusi bilan o‘tkaziladigan sammitda tashkilotga raislik Turkiyadan O‘zbekistonga o‘tkaziladi. 

Samarqand sammitida Tashkilotning faoliyati va kelajagi bilan bog‘liq muhim qarorlar, ayniqsa, 2021 yilning 12 noyabr kuni Istanbul sammitida qabul qilingan Tashkilotning 20 yillik yo‘l xaritasini mujassam etgan Turkiy nigoh hujjatining birinchi 5 yillik amalga oshirish yo‘riqnomasi – “Strategiya hujjati” qabul qilinadi. 

Prezident Erdo‘g‘an 11 noyabr juma kuni yig‘ilishda nutq so‘zlaydi, unda a’zo davlatlar o‘rtasida har sohada hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun tashlanadigan qadamlar baholanadi. 

Sammit doirasida Erdo‘g‘anning ishtirokchi liderlar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Turkiy davlatlar tashkiloti

Baholaganlar

118

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing