TDT sammiti boshlandi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mezbonlik qilayotgan Turkiy Davlatlar Tashkilotining (TDT) navbatdan tashqari sammiti Anqarada o‘z ishini boshladi. Unda tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari – Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va kuzatuvchi davlatlar rahbarlari – Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, shuningdek, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar ishtirok etmoqda. 

Sammit “Favqulodda vaziyatlarni boshqarish va insonparvarlik yordami” mavzusida bo‘lib o‘tmoqda. 

Turkiy Davlatlar Tashkilotining navbatdan tashqari sammiti tashkilotga a’zo Ozarbayjonning taklifiga binoan tashkil etildi. Sammitda birinchi bo‘lib nutq qilgan Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ozarbayjon rahbariga tashabbuskorligi uchun minnatdorlik bildirdi. 

Shuningdek, Erdo‘g‘an so‘zida davom etib, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ushbu sammitning tashkil etilishida ko‘rsatgan yordami uchun tashakkur izhor etdi. 

Yig‘ilish uchun eng muhim o‘zgarish 2022 yilda bo‘lib o‘tgan Samarqand sammitida kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan Shimoliy Kipr Turk Respublikasining Turkiy Davlatlar Tashkiloti sammitida ilk marotaba ishtirok etishi bo‘ladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiy davlatlar tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing