TDT davlatlari rahbarlari Qur’onga hurmatsizlikni qoraladi

Olam

image

Turkiy Davlatlar Tashkiloti ishtirokchilari avvalroq Yevropaning bir qator davlatlarida Qur’onni tahqirlash bilan bog‘liq xatti-harakatlarni qat’iy qoraladi. Bu haqda kecha, 16 mart kuni Anqarada bo‘lib o‘tayotgan TDT favqulodda sammitining yakuniy kommyunikesi matnida aytilgan. 

“Ishtirokchilar muqaddas kitobimiz Qur’oni Karimga qarshi so‘nggi paytlarda barcha musulmonlarni ranjitib, yangi irqchilik, ksenofobiya va islomofobik provokatsiya va hujumlar uchun zamin yaratishi mumkin bo‘lgan nafrat jinoyatlarni keskin qoraladi”, deyiladi hujjatda. 

Yanvar oyi oxirida Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi yaqinida Qur’on yoqib yuborilishi bilan bog‘liq katta janjal kelib chiqdi. Musulmonlar uchun muqaddas kitob 21 yanvar kuni Turkiya diplomatik missiyasi oldida o‘ng qanot ekstremistik “Qattiq kelishuv” partiyasi yetakchisi Rasmus Paludan tomonidan ommaviy ravishda yoqib yuborilgan. Shunga o‘xshash harakatlar boshqa Yevropa davlatlarida ham bo‘lib o‘tdi yoki rejalashtirilgan edi, bu Turkiya va boshqa bir qator musulmon davlatlarining keskin reaksiyasiga sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing