TDIUga 15 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Fuqaroni 15 000 AQSH dollari evaziga Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan DXX va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro L.Z.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishga ishontirgan.

Buning evaziga 15 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

81

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing