Qiz yigitidan qo‘rqib, oynadan sakragan – So‘z tajovuzda ayblangan “zamdekan”ga

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent davlat pedagogika universitetining 3-kursida tahsil oluvchi talaba qizga dekan o‘rinbosari tegajog‘lik qilib, niyatiga yetolmagach uni derazadan itarib yuborgani haqida xabar bergandik.

Talaba qizning onasi “UzReport” telekanaliga bergan intervyusida tergov payti dekan o‘rinbosari ushbu ishda qizini ayblaganini ma’lum qildi

“U (dekan o‘rinbosari)ning tergovda aytishicha, mening qizim uning xonasiga kirib, kalitni olib, xonani qulflab olgan emish. Qizimning yigiti kelib qolib, rashq qilganidan keyin qayerga berkinishini bilmasdan, derazadan o‘zini tashlab yuborgan emish.

Mening qizim hali hayotga to‘ymagan, quvnoq qiz. Qizim ijodkor qiz, u hali bunaqa narsalar haqida o‘ylamaydi. Chunki oilamiz – o‘qimishli oila: hammamiz o‘qituvchimiz. Shuning uchun ham qizim unga ishonib, xonasiga kirgan”, deydi talaba Mushtariybonu Komilovaning onasi.

Eslatib o‘tamiz, jabrlanuvchi Mushtaribonu Komilovaning iddaosiga ko‘ra, u joriy yilning 18 oktyabr kuni “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga tavsiyanoma olish maqsadida yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Bog‘abek Yo‘ldoshev xonasiga kirgan. Dekan xonasidan hamma chiqib ketgach, eshikni qulflab, unga tegajog‘lik qilgan. Qizni divanga yotqizmoqchi bo‘lganda, u qarshilk ko‘rsatgan va deraza oldiga borib qolgan. Niyatiga yetolmagan Bog‘abek Yo‘ldoshev uni itarib yuborgan.

Hozirda Bog‘abek Yo‘ldoshev hibsga olingan. Holat bo‘yicha Yakkasaroy tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi (“Nomusga tegish”) va 105-modda (“Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etish kerakki, ushbu holatga mamlakat Prezidentining to‘ng‘ich qizi – Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva munosabat bildirib, “talaba qizlarga nisbatan shilqimlik – jiddiy muammo” ekanini ta’kidlagan


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

7617

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing