Tayvanda yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi. 4 kishi halok bo‘ldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Tayvan sharqida yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi. Bu haqda "Reuters" xabar bermoqda.  

Baxtsiz hodisa bugun, 2 aprel kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 9:00 da (Toshkent vaqti bilan 6:00) Datsin tog‘ tunneliga kirishda sodir bo‘lgan. 

Poyezd Xuayalyan okrugi hududi bo‘ylab harakatlanayotgan bo‘lgan. 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, poyezd relsdan chiqib ketgan, shundan so‘ng bir nechta vagonlar tunnel devoriga urilgan. 

Natijada to‘rt kishi vafot etgan, uch kishi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan va 20 ga yaqin kishi turli darajadagi tan jarohati olgan. 

Umuman olganda, poyezdning sakkizta vagonida 350 yo‘lovchi bo‘lgan. 

Dastlabki uchta vagondan 60 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Eng katta zararni to‘rtinchi va beshinchi vagonlar ko‘rgan.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Tayvan'

Baholaganlar

35

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing