Tayson va Jons. Kimning vazni og‘irroq keldi?
Sport
−
28 noyabr 2020
9862AQSHning Los-Anjeles shahrida boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Mayk Tayson va boks bo‘yicha beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Roy Jons o‘rtasidagi ko‘rgazmali jang oldidan vazn o‘lchash marosimi o‘tkazildi.
Jonsning vazni 95,2 kg chiqdi. Tayson esa undan og‘irroq tosh bosdi va uning vazni 99,8 kg chiqdi.
Shuningdek, afsonaviy bokschilar o‘rtasida nigohlar to‘qnashuvi ham bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Roy Jons va Mayk Tayson o‘rtasidagi jang Toshkent vaqti bilan 29 noyabr tongida bo‘lib o‘tadi. Jang taxminan soat 07:00 larda boshlanishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Tayson 2005 yildan beri jang qilmayapti. Uning hisobida 58 ta jang bor, shulardan 50 tasida g‘alaba qozongan. Jons esa so‘nggi marta ringga 2018 yilda chiqqan. Faoliyati davomida u 66 bor g‘alabaga erishgan, to‘qqizta jangda mag‘lub bo‘lgan.
LiveBarchasi