Tayson qachon Toshkentga keladi?
Sport
−
13 noyabr 2023 9967 1 daqiqa
Bugun, 13 noyabr kuni Toshkent shahrida Butunjahon boks ittifoqining (WBC) yillik 61-Konvensiyasi start oldi. Tashkilot tadbirlarida bir qator boks yulduzlari, WBC chempionlari ham ishtirok etmoqda, biroq amerikalik boks afsonasi Mayk Tayson bugungi tadbirda ko‘rinish bergani yo‘q.
Britaniyalik bokschi Tayson Fyurining Toshkentga kela olmasligi aniq bo‘lgach, sport ixlosmandlarining ichida "Temir Mayk"ning ham O‘zbekistonga kelishiga shubha bilan qarayotganlar topilsa ajab emas.
QALAMPIR.UZ Taysonning Toshkentga qachon kelishi haqidagi savol bilan O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xodimi bilan bog‘landi.
Xodimga ko‘ra, Mayk Tayson 16 noyabr kuni Toshkentga keladi va 17 noyabr kuni Humo arenada o‘tkaziladigan boks oqshomini kuzatib boradi.
Hozirda WBC tadbirlarida Evander Xolifild, Xulio Sesar Chaves, Amirxon, Konstantin Szyu va Aleksandr Usik kabi yulduzlarni ko‘rish mumkin.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust