Tayfunda 17 kishi qurbon bo‘ldi

Olam

image

Filippin sohillariga yopirilgan "Tisoy" to‘foni tufayli 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "Bloomberg" xabar berdi.

Bloomberg’ning ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofatdan qishloq xo‘jaligiga yetkazilgan zarar 15,7 million dollarga baholanmoqda va yarim millionga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Ayni paytda uchta ko‘prik va bir nechta yo‘llarning ayrim qismlari yopiqligicha qolmoqda.

Manila xalqaro aeroporti ma’muriyati ehtiyot chorasi sifatida  barcha  terminallarni yopib qo‘ydi. Bundan tashqari, Albay provinsiyasidagi Legazpi aeroporti jiddiy zarar ko‘rdi.

"Tisoy" bu yil Filippinda yuz bergan yigirmanchi tayfun. Uning shamol tezligi soatiga 150 kmga yetadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tayfun Filippin

Baholaganlar

49

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing