TATUning Samarqand filiali masofaviy ta’lim tizimiga o‘tkazildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarida koronavirus aniqlangani sabab ta’lim masofaviy tizimga o‘tkazildi. Bu haqda universitet axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 9 aprel kuni Samarqand shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan olib borilgan epidemiologik tekshiruvda filialning o‘qituvchilari hamda talabalar turar joyidagi talabalarda COVID-19 kasalligi aniqlangan. Koronavirus talabalar va professor-o‘qituvchilar orasida keng tarqalib ketishining oldini olish maqsadida TATUning Samarqand filialida ta’lim jarayoni 2021 yil 12 aprel kunidan boshlab 14 kunlik masofaviy ta’limga o‘tkazildi. Shu bilan birga filial talabalar turar joyida bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar 14 kunlik yotoqxonada izolyatsiya qilingan.

Avvalroq O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti karantinga yopilgani va Toshkent shahridagi Islom akademiyasi hamda Cingapur menejmentni rivojlantirish instituti ham onlayn ta’limga o‘tgani haqida xabar qilgan edik. Shuningdek, Inha universitetining 2-bosqich talabasida koronavirus aniqlangani uchun o‘qish 5 aprelga qadar onlayn tizimga o‘tkazilgani ma’lum qilingan.

Yulduz Abdurashidova 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing