Tataristonda og‘ir kasallikka chalingan erkak O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
19 aprel 3745 1 daqiqa
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasida og‘ir kasallikka chalingan erkak O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1968 yilda tug‘ilgan X.I. vaqtincha ishlash uchun Tataristonga borgan. Ish jarayonida sog‘lig‘ida kuzatilgan jiddiy muammolar tufayli u Tatariston shifoxonasiga yotqizilgan. Bemor O‘zbekistonga qaytarishlarini so‘rab, mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan.
Bosh konsulxona xodimlari erkakni O‘zbekistonga qaytarishga qaratilgan tibbiy tayyorlov jarayonlarini shifokorlar bilan hamkorlikda muvofiqlashtirib, zarur konsullik-huquqiy va amaliy yordamni qisqa vaqt ichida yakunlagan.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Uzbekistan Airways aviakompaniyasi vakolatxonasi va Migratsiya agentligi vakili bilan birgalikda X.I.ning Qozon-Toshkent aviayo‘nalishi bo‘yicha oilasi bag‘riga sog‘-salomat yetib olishini ta’minlagan.
Eslatib o‘tamiz, авvaлроқ O‘zbekistonning Rossiyaning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Saxa Respublikasi Neryungri shahrida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan ona va uning to‘rt nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarilgandi.
Live
Barchasi