“Tashkent city”da yana yong‘in chiqdi. FVV jarohatlanganlar yo‘qligini aytmoqda, ammo...

3-sahifa

image

Bugun, 12 dekabr kuni poytaxt Toshkentdagi “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida qurilayotgan binolardan birida yong‘in kelib chiqdi. QALAMPIR.UZ tezkor guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi. 

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan xabar qilishlaricha, soat 15:00  atrofida “Tashkent city” majmuasi tarkibida qurilayotgan bank binosi yonidagi qurilish materiallari saqlanadigan omborda quruvchilar ehtiyotsizligi tufayli tez yonuvchi izolyatsiya materiallaridan o‘t chiqqan. 

“Soat 15:15 da yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining tezkor harakatlari natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etildi. Yon-atrofdagi binolarga zarar yetmadi. Halok bo‘lgan yoki tan jarohati olganlar yo‘q”, deyiladi FVV axborotida. 

Voqea joyida bo‘lib turgan QALAMPIR.UZ muxbirining qayd etishicha, yong‘indan jarohatlanganlar bo‘lishi mumkin. Chunki hududga bir vaqtning o‘zida bir necha tez tibbiy yordam mashinalari yetib kelgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

303

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing