Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi RFdagi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi
Jamiyat
−
09 avgust 2021
12350Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Moskva shahrida turli millat vakillari ishtirokida etnik ommaviy mushtlashuv yuz bergani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi shu munosabat bilan Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi.
Agentlik ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan bunday ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etmaslikni, muammoli yoki nizoli vaziyatlarda vakolatli organlar hamda mamlakatimizning ushbu davlatdagi diplomatik idoralariga murojaat qilishni, Rossiya qonunlariga rioya etishni so‘ragan.
“Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu mushtlashuvda o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining ishtirokini o‘rganib, zarur holatda yurtdoshlarimiz huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z vakolati doirasida barcha choralarni ko‘radi”, deyiladi agentlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etish chet el fuqarolari uchun Rossiya qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortilish yoki davlatdan majburiy chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin.
LiveBarchasi