Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘iga o‘rinbosarlar tayinlandi
Jamiyat
−
25 noyabr 2020 4698 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xo‘jaakbar Fayzullayevich Fayzullaxo‘jayev va Azizbek Ulug‘bek o‘g‘li Yunusov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
Xo‘jaakbar Fayzullayevich Fayzullaxo‘jayev bunga qadar Yunusobod tuman hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Azizbek Ulug‘bek o‘g‘li Yunusov bunga qadar Mirobod tumani hokimi o‘rinbosari - tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr